İstanbulda Turk dunyosi madaniyat mahallasi tashkil qilindi

To’pkapida tashkil qilingan Turk dunyosi madaniyat mahallasida Ozarbayjon, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Tatariston va Bashkiriyaga xos madaniyat uylari mavjud.

177588
İstanbulda Turk dunyosi madaniyat mahallasi tashkil qilindi


İstanbul shahar xokimiyati tomonidan Turk dunyosi madaniyat mahallasi tashkil qilindi.
Mazkur faoliyat doirasida ziyoratchilar Qrimdan tortib Xitoy mintaqasigacha sayohat qilish imkoniga ega bo’ladi.
To’pkapida tashkil qilingan Turk dunyosi madaniyat mahallasida Ozarbayjon, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi,Tatariston va Bashkiriyaga xos madaniyat uyi mavjud.
Bolqonlardagi turk jamiyatlari ham maxsus “Bolqon uyi” bilan ishtirok etmoqda.
Madaniyat uylarida Turkiy Respublikalarga xos uy ashyolari, kundalik hayotda va maxsus kunlarda kiyilgan liboslar, taqinchoqlar, musiqiy cholg’u asboblari, o’yinchoqlar, gilamlar, sholchalar, oshxona ashyolari, ov qilish asboblari va tarixiy jang qurollari namoyish qilinmoqda.
Turk dunyosi mahallasining o’rtasiga kigizdan yasalgan ikki chodir joylashtirildi.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev tomonidan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga sovg’a qilingan chodir ham bu mahallada namoyish qilinmoqda.
Orhun obidalarining asl nusxasi hajmida yasalgan maketlari ham namoyish qilingan mahallada, Go’kturk İmperatorligining hukmdori Bilge Hoqon va ukasi Qulteginga tegishli tosh yozuv, vazir Tonyuquqqa oid ikkita tosh yozuv va boshqa turli tarixiy asarlar mavjud.
Mehmonlar O’rta Osiyoning lazzatli va milliy taomlarini va turk oshxonasiga xos taomlarni mahallada ochilgan restoranlarda tamaddi qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar