O'zbekistonda parlament saylov natijalari e'lon qilindi

O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifingda rasmiy saylov natijalarini e’lon qildi.

173755
O'zbekistonda parlament saylov natijalari e'lon qilindi


O’zbekistonda o’tkazilgan parlament saylovlarining aniq natijalari ma’lum bo’ldi.
O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifingda rasmiy saylov natijalarini e’lon qildi.
Natijalarga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi natijalariga ko‘ra, parlament quyi palatasiga 150 nafar deputat, shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan 52 nafar; O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylandi.
15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan deputatlarning 24 nafari yoki 16%i xotin-qizlardan iborat.
Liberal Demokratik partiyasi 52 deputati bilan parlamentda eng ko’p o’ringa ega bo’ldi.
Milliy Tiklanish partiyasi esa, 36 deputatni saylab 2-o’rinni egalladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar