Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami

165692
Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami tantanalari boshlandi.
Bu yilgi bayram shodiyonalarini tashkil etishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O`zbeknavo» estrada birlashmasi, «O`zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Toshkent shahar hokimligi, «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasining hissasi katta bo`ldi.
Maydondagi ulkan sahnada O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ijrosida “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda.
Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Akademik va xalq badiiy jamoalari direktsiyasining ansambl va xonandalari, teatr va tsirk san`ati ustalari, taniqli san`atkorlar, yosh ijrochilar, O`zbekiston san`at va madaniyat instituti, O`zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari o`zlarining rang-barang musiqiy dasturlarini taqdim qilmoqda.
Nasriddin Afandi, Shum bola, Egri va To`g`ri, sehrli shamchiroq egasi Oloviddin, mehnatsevar Zumrad va erka Qimmat ishtirokidagi tomoshalar bolalarga bir olam quvonch, unutilmas taassurot ulashmoqda.
Maydondagi 70ga yaqin attraktsion, 50ka yaqin savdo shoxobchasi bayramni yanada ko`tarinki ruhda o`tkazish uchun xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Toshkentning boshqa madaniyat va istirohat bog`lari, maydon va xiyobonlarida ham Yangi yil tantanalari bo`lib o`tmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar