Turk va O'zbek Tashqi Ishlar Vazir O'rinbosarlari uchrashdi.

Turk va O'zbek Tashqi Ishlar Vazir O'rinbosarlari uchrashdi.

211146
Turk va O'zbek Tashqi Ishlar Vazir O'rinbosarlari uchrashdi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Turkiya Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Ali Kemal Aydin bilan uchrashdi.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, O`zbekiston va Turkiya TIVlari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning ettinchi raundi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va kengaytirish istiqbollari hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O`zaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta`kidlab o`tildi va bunga asoslangan O`zbekiston – Turkiya muloqotining dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muloqot chog`ida bo`lajak o`zaro uchrashuvlar jadvali va tayyorgarlik jarayoni ko`rib chiqildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
O`zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi maslahatlashuvlarning ettinchi raundida ishtirok etayotgan O`zbekiston delegatsiyasi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog`lu, Bosh vazir devoni huzuridagi Ҳamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti Serdar Cham va Iqtisodiyot vazirining birinchi o`rinbosari Adnan Yıldırım bilan ikki tomonlama uchrshuvlar o`tkazdi.
Muzokaralar davomida O`zbekiston – Turkiya munosabatlarining amaliy jihatlari, jumladan hamkorlikning turli sohalaridagi qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.
Turkiya O`zbekistonning eng yirik tashqi savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. Ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro savdo aylanmasi 2000 yilga nisbatan 7 martaga ortib, 2013 yilda 1 milliard 346 million AQSh dollaridan ziyodroqni tashkil etdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar