O’zbekistonda turk doktorlardan plastik jarrohlik amaliyoti...

TİKA bilan O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi hamkorligida yo’lga qo’yilgan mazkur faoliyat asosida 24 yoshgacha bo'lgan 100 bolaning plastik jarrohlik amaliyoti bilan yuzidagi nuqsonlar davolanadi.

156760
O’zbekistonda turk doktorlardan plastik jarrohlik amaliyoti...

 

Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi TİKA O’zbekistonning tarixiy Farg’ona shahrida 100ga yaqin bolaning plastik jarrohlik amaliyotini amalga oshirmoqda.
Professor Doktor Deniz İshjen boshchiligida Turkiyaning turli universitetlarida faoliyat ko’rsatgan malakali doktor va hamshiralardan tashkil topgan mutahassislar plastik jarrohlik amaliyotini amalga oshirmoqda.
TİKA ning qo’llab quvvatlovi bilan O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi hamkorligida yo’lga qo’yilgan mazkur faoliyat asosida, turk doktorlar Farg’ona shahrida bir hafta mobaynida bolalardagi chandiq izlarini, lab va bo’yin qismidagi yoriqlarni, teri kuygandan so’ng qoladigan chandiq izlarini va tug’ma nuqsonlari bo’lgan 24 yoshgacha tahminan 250 bolani tibbiy muolajadan o’tkazib, zarur bo’lgan taqdirda, 100 bolani plastik jarrohlik amaliyoti bilan vujudidagi nuqsonlarni davolamoqda.
“Yuzi kulgan bola baxtli oila” shiori bilan yuritilgan bu faoliyat oldidan Buxoro Bolalar shifoxonasida marosim o’tkazildi.
Marosimga O’zbekistondan va Turkiyadan ko’plab mutahassislar ishtirok etdi.
TİKAning O’zbekistondagi vakili koordinator o’rinbosari Kazim Karabajak, TİKA O’zbekistonda qishloq-xo’jaligi, salomatlik, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o’rgatish kurslarini ochish kabi ko’plab sohalarda katta loyihalarni amalga oshirganini, bulardan biri bo’lgan plastik jarrohlik amaliyoti Farg’onada amalga oshirilganini aytib o’tdi.
TİKA tomonidan yo’lga qo’yilgan loyihaga Farg’ona vodiyi bilan atrofdagi ko’plab shaharlardan juda ko’p bemorlar murojaat qildi.
O’zbekistondagi onalar bu loyihani yo’lga qo’ygan xayrsevar insonlardan minnatdor ekanini ifoda etdilar.
TİKA dastlab 2009 yilda yo’lga qo’ygan Plastik jarrohlik amaliyoti loyihasi asosida, xozirgacha jami 1360 bolani muolaja qilib, ahvoli bunga yo’l qo’ygan jami 466 bolani plastik jarrohlik amaliyoti bilan dardiga malham bo’lgan bo’ladi.
Mazkur jarrohlik amaliyotidagi barcha tibbiy mahsulotlar Turkiyadan olib kelinadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar