Turkmanistonda Turk madaniyat kunlari o’tkazilmoqda

Turkmaniston Davlat madaniyat markazida amalga oshirilgan tantanali ochilish marosimiga, Turkmaniston Madaniyat vazir o’rinbosari Atageldi Shamurodov, Turkiya Madaniyat va turizm vazir o’rinbosari Abdurrahman Ariji tashrif buyurdi.

135564
Turkmanistonda Turk madaniyat kunlari o’tkazilmoqda



Turkmaniston Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil qilingan Turk madaniyat kunlari poytaxt Ashxaboddagi konsert dasturi bilan boshlandi.
Turkmaniston Davlat madaniyat markazida amalga oshirilgan tantanali ochilish marosimiga, Turkmaniston Madaniyat vazir o’rinbosari Atageldi Shamurodov, Turkiya Madaniyat va turizm vazir o’rinbosari Abdurrahman Ariji, Turkiyaning Ashxaboddagi elchisi Shevki Mutevelliog’lu va tashqi vakolatxona xodimlari bilan bir qatorda, ko’plab turkman vakillar ishtirok etdi.
Turkiya Madaniyat va turizm vazir o’rinbosari Abdurrahman Ariji Turkmanistonda Turk madaniyat kunlari o’tkazilishidan mamnun ekanini tilga oldi.
Ochilish marosimida san’atkor Tahir Aydog’du va ansamblining ijrosi bilan İzmir Turk Dunyosi Davlat raqs va musiqa jamiyatining dasturi tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
Turk san’atkorlarning turkman va boshqa turkiy tillarda hirgoyi qilgan qo’shiqlari barcha tomonidan olqishga sazovor bo’ldi.
Turk madaniyat kunlari 26 sentyabrgacha Ashxabod va Marv shahrida davom etadi.
Turk Madaniyat kunlari doirasida, an’anaviy teatr, musiqa, raqs, balet, kino namoyishlari bilan ebru san’ati, kumush zargarligi, mis, chinni, shisha marjon yasash san’atlari turkman san’atsevarlar e’tiboriga havola qilinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar