Prezident Erdog’anda Bakuda…

Erdo'g'an Ozarbayjonga berilagan va'dalar bajo keltirilishi kerak dedi.

113328
Prezident Erdog’anda Bakuda…

Prezident Erdog’anda Bakuda…
İkkinchi chetel safarini Ozarbayjonga uyushtirgan Prezident Erdo’g’an, poytaxt Bakuda, Prezident İlhom Aliyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.
Erdog’anning safari munosabati bilan Prezidentlik qarorgohi oldida harbiy marosim uyushtirildi.
Marosimdan keyin ikki prezident o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Prezident Erdo’g’an bilan Ozarbayjon Prezidenti Aliyev, uchrashuvlarning ortidan mushtarak matbuoti anjuman uyushtirdi.
Erdog’an, bu yerda so’zlagan nutqida, “ NATO Sammitida ham ayniqsa bu sammit bilan tegishli o’tkazilgan barcha yig’ilishlarda Ozarbayjonga berilgan va’dalar bor. Ushbu va’da endi u yerda ham kuntartibiga kelitirib, tezda boshqa o’lkalarga berilgan va’dalar qanday orqa orqaga bajo keltirilayotgan bo’lsa, Ozarbayjonga ham berilgan va’dalar bajo keltirilishi kerakligini, aloqalik o’lkalardan talab qilamiz. Bu bir yordam va lutf emas, bir haqdir” dedi.
Preziden Erdog’an, Janubiy Kavkazlar Gaz koridorining poydevorini qo’yish marosimi Bakuda 20- sentabrda amalga oshiriladi dedi.
Erdo’g’an keyinchalik marhum prezident Haydar Aliyevning qabrini va Ozarbayjon shahidligini ziyorat etdi.
Rajab Tayyib Erdo’g’anning Bakuda oxirgi bekati Turk Shahidligi edi.
Hurmat bajo keltirib Prezident sharaf daftariga, “ Mustaqil Ozarbayjonning tamallarini kuchlantirar ekan bir qahromonlik dastoni yozdingiz, hokimiyatni o’z qo’lariga olmoqchi bo’lgan Ozarbayjonlik birodarlarimizga yordam berish uchun juda katta sa’y- harakatni bir vazifa bildingiz” deb yozdi.
Erdog’an, Ozarbayjondagi uchrashuvlarining ortidan, Birlashgan Qirolikda amalga oshiriladigan NATO Sammitiga ishtirok etish uchun Cardiffga jo’nab ketdi.

 

 



 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar