Ozarbayjon mediasida Turkiyadagi saylov jarayoni...

“Ozodlik” gazetasi saylov natijalarini “Chankaya ko’shkining sohibi Erdog’an” degan sarlavha bilan e’lon qildi.

86991
Ozarbayjon mediasida Turkiyadagi saylov jarayoni...

Do’st va qardosh davlat Ozarbayjon ham Turkiyadagi prezidentlik saylovini yaqindan kuzatib bordi.
Bugun Ozarbayjonda nashr qilingan ko’plab gazeta va internet saytlarida Turkiyada o’tkazilgan prezidentlik sayloviga katta o’rin berildi.
“Ozodlik” gazetasi saylov natijalarini “Chankaya ko’shkining sohibi Erdog’an” degan sarlavha bilan e’lon qildi.
Saylov natijalariga to’liq bir sahifani ajratgan gazeta, Bosh vazir Erdog’anning ketma-ket 9 saylovda g’alaba qozonganiga e’tibor qaratdi.
APA, Trend, Lentaz, Selamnews kabi xabar agentliklari saylov natijalarini muhim xabar deya e’lon qildi.
Televizion kanallari esa, axborot ko’rsatuvida saylov manzaralarini jonli efirga uzatdi.
Har doimgidek Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev birinchilardan bo’lib, Prezident etib saylangan R.T.Erdog’anni g’alabasi bilan tabrikladi.
İkki davlat o’rtasidagi strategik hamkorlik va qardoshlik aloqalari yangi davrda ham tobora taraqqiy etgan holda davom etishidan umidvorligini tilga oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar