Almazbek Atambayev:"Yashasin qirg’iz-turk qardoshligi..."

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev saylovda g’alaba qozongan R.T.Erdog’anni tabrikladi.

87012
Almazbek Atambayev:"Yashasin qirg’iz-turk qardoshligi..."

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev saylovda g’alaba qozongan R.T.Erdog’anni tabrikladi.
G’alabadan so’ng Erdog’anning an’anaviy nutqini so’zlashidan oldin so’zga chiqqan Almazbek Atambayev Turkiyaning bosib o’tgan 12 yillik siyosiy o’tmishiga to’xtaldi.
Atambayev Turkiya 12 yil ichida yuritgan barqaror iqtisodiy siyosati bilan kredit olgan, qarz olgan davlat emas, balki qarz bergan davlatga aylanganini ta’kidlab o’tdi.
Yangi prezident butun turk millatiga hayir olib kelishini tilagan Atambayev, Turkiya bu saylovdan keyin yana ham rivojlanishi va gullab-yashnashidan umidvorligini tilga oldi.
“Olloh Turkiyani o’z panohida asrasin. Turkiyaga hamisha birlik va hamjihatlik keltirsin”-deya duo qilgan Atambayev, “Yashasin qirg’iz-turk qardoshligi”-deya so’zlarini yakunladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar