AGİT Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi hodisalardan havotirda

AGİT va Minsk guruhi Armaniston va Ozarbayjon Davlat rahbarlaridan darhol hududdagi vaziyatni bostirishi va sulh bitimi shartnomalariga to’la amal qilishlarini talab qildi.

77927
AGİT Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi hodisalardan havotirda

Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti AGİT davr rahbari va AGİT Minsk guruhi Armaniston bilan Ozarbayjon chegarasida sodir bo’lgan hodisalardan havotirda ekanligini ma’lum qildi.
AGİT tashkilotidan qilingan izohda, AGİT davr rahbari Didier Burkhalter, AGİT Minsk guruhi qo’shimcha rahbarlari Rossiya elchisi İgor Popov, Amerika elchisi James Warlick va Fransiya elchisi Pierre Andreiu Armaniston bilan Ozarbayjon chegarasidagi notinchlikning avj olishidan, askarlar o’rtasidagi otishmalardan va hududda xizmat ko’rsatgan Xalqaro Qizilhach komiteti vositalariga hujum qilish holatlaridan havotirga ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, AGİT va Minsk guruhi Armaniston va Ozarbayjon Davlat rahbarlaridan darhol hududdagi vaziyatni bostirishi va sulh bitimi shartnomalariga to’la amal qilishlarini talab qildi.
Tomonlar o’rtasidagi otishmalar doimiy tinchlikka rahna solishi bildirilgan izohda, masalani tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish uchun takror muzokara o’tkazishga chaqirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar