Mete Gazoz Istanbulda gullar bilan kutib olindi

Germaniya poytaxti Berlinda oʻtkazilgan kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar klassik kamonda oltin medalni qoʻlga kiritgan Mete Gazoz Istanbulga keldi.

2021438
Mete Gazoz Istanbulda gullar bilan kutib olindi

Jahon chempioni kamonchi Mete Gazoz Istanbulda gullar bilan kutib olindi.

Germaniya poytaxti Berlinda oʻtkazilgan kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar klassik kamonda oltin medalni qoʻlga kiritgan Mete Gazoz Istanbulga keldi.

Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk turk kamonchi Mete, Istanbul aeroportida Davlat aeroportlar boshqarmasi va Istanbul aeroporti operatori IGA xodimlari tomonidan gullar bilan kutib olindi.

Olimpiada va jahon chempioni, milliy sportchi uchun ishlayotganlar “Tabriklaymiz, sen bilan faxrlanamiz”, - degan so‘zlar yozilgan banner ochdilar.

Mete Gazoz matbuotga bergan bayonotida, “Juda xursandman. Lekin bundan ham muhimi 2 kun oldin jamoamiz bilan jahon bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Jamoamiz bilan 2024 - yili Parijga boramiz. Haftani juda yaxshi o‘tkazdik. Hammasi biz xohlagandek ketmoqda. Bizning keyingi maqsadimiz, 2024-yili Parijda ham jamoa ham da individual mahoratda chempion bo‘lishdir”.-dedi.



Aloqador xabarlar