Turkiyada bir daqiqa davom etgan o‘yinda Superkubok g‘olibi aniqlandi
7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlangan o‘yinda “Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardi gol urdi, shundan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilari maydondan chiqib ketdi.
![Turkiyada bir daqiqa davom etgan o‘yinda Superkubok g‘olibi aniqlandi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/1eed/9e19/9649/65803c1b6841a.jpg?time=1722046141)
“Fenerbaxche” futbolchilari “Galatasaroy” bilan Turkiya Superkubogi bahsining 1-daqiqasidayoq gol o‘tkazib yubordi va keyin butun jamoa maydonni tark etdi.
7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlangan o‘yinda “Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardi gol urdi, shundan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilari maydondan chiqib ketdi.
Hozirda “Trabzonspor” muxlislari Turkiya chempionati o‘yinidan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilariga hujum qilgani uchun klub ligani tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Aprel oyi boshida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda klub Superkubok bahsida ishtirok etishdan bosh tortish qaroriga kelgandi, biroq yakunda “Fenerbaxche” norozilik belgisi sifatida yoshlar jamoasi futbolchilarini o‘yinga yubordi.
Aloqador xabarlar
![Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/68c9/9998/99bd/66a37baada194.jpg?time=1722046142)
Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi
Turkiya 15ta oltin, 13ta kumush va 24ta bronza medal bilan o'yinlarni ikkinchi o'rinda yakunladi.
![Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/9707/2f3d/17a4/66a1f64abebf8.jpg?time=1722046142)
Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2
"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining futbol bo'yicha ilk musobaqalari yakunlandi.