O'zbekistonlik kurashchilar Antaliya turnirida 5 ta medalni qo'lga kiritdi
Turkiyaning Antaliya shahrida sport kurashlari bo‘yicha poyoniga yetgan “Yasar Dogu & Vehbi Emre” xalqaro turnirida o'zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga sazovor bo'lishdi.
![O'zbekistonlik kurashchilar Antaliya turnirida 5 ta medalni qo'lga kiritdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/e215/8895/ab93/65ef0037c02e8.jpeg?time=1722042483)
Turkiyaning Antaliya shahrida sport kurashlari bo‘yicha poyoniga yetgan “Yasar Dogu & Vehbi Emre” xalqaro turnirida o'zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga sazovor bo'lishdi.
Xabar berganimizdek, xalqaro turnirning dastlabki kunlaridagi bahslarda yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xalqaro turnir yakunida erkin kurashchilar 2 ta bronza medaliga egalik qildi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Behruzbek Turanmuratov 74 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikda, Bobur Islomov 86 kilogrammlik vaznda 3-o‘rinni band etdi.
10 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro turnirda O'zbekistonning erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarining 30 nafari ishtirok etdi.
Aloqador xabarlar
![Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/68c9/9998/99bd/66a37baada194.jpg?time=1722042483)
Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi
Turkiya 15ta oltin, 13ta kumush va 24ta bronza medal bilan o'yinlarni ikkinchi o'rinda yakunladi.
![Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/9707/2f3d/17a4/66a1f64abebf8.jpg?time=1722042483)
Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2
"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining futbol bo'yicha ilk musobaqalari yakunlandi.