O'zbek kurashchilar Antalyada shohsupaga ko'tarildi
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi.
![O'zbek kurashchilar Antalyada shohsupaga ko'tarildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/f728/621f/0844/65eedfca17915.jpg?time=1722046229)
Turkiyaning Antalya shahrida sport kurashlari bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi.
Jumladan, yunon-rum kurashida Mahmud Baxshulloyev (-67 kg,) kumush, Abror Atabayev (-67 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Erkin kurashda Behruz Turonmuradov (-61 kg), Bobur Islomov (-86 kg), ayollar kurashida esa Shohida Ahmedova (-53 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Aloqador xabarlar
![Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/68c9/9998/99bd/66a37baada194.jpg?time=1722046229)
Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi
Turkiya 15ta oltin, 13ta kumush va 24ta bronza medal bilan o'yinlarni ikkinchi o'rinda yakunladi.
![Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/9707/2f3d/17a4/66a1f64abebf8.jpg?time=1722046229)
Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2
"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining futbol bo'yicha ilk musobaqalari yakunlandi.