“Manchester Siti” “Vest Xem Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi
“Manchester Siti” ketma-ket 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 79taga yetkazdi va “Arsenal”dan bir ochkoga o‘zib ketdi.
Angliya premer-ligasi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Xem Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
APLning 34-haftasida “Manchester Siti” “Etihad” stadionida “Vest Xem Yunayted”ni 50-daqiqada Natan Ake, 70-daqiqada Erling Xoland va 85-daqiqada Fil Foden kiritgan gollar evaziga mag‘lub etdi.
Xoland 35 ta gol bilan Premer-ligada bir mavsumdagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Norvegiyalik futbolchi 34 tadan gol bilan Alan Shirer va Endi Koulni ortda qoldirdi.
“Manchester Siti” ketma-ket 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 79taga yetkazdi va “Arsenal”dan bir ochkoga o‘zib ketdi.
"Vest Xem Yunayted" 34 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.
Aloqador xabarlar

Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi
Turk sportchisi Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi.

Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi