Durres shahrida Turk milliy sportchilari 17 ta medalini qo‘lga kiritdi

Albaniyaning Durres shahrida uyushtirilgan musobaqada, Turk milliy sportchilari 17 ta medalini qo‘lga kiritdi.

1968472
Durres shahrida Turk milliy sportchilari 17 ta medalini qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha “Yulduzlar” jahon chempionatida milliy sportchilar 7 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza jami 17 ta medalini qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Turkiya federatsiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Albaniyaning Durres shahrida uyushtirilgan Og‘ir atletika bo‘yicha “Yulduzlar” jahon chempionatida dunyoning 45 davlatidan 268 nafar sportchi ishtirok etdi.

Bayonotda milliy sportchilarning musobaqani 7 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronzadan iborat 17 ta medal bilan yakunlagani qayd etildi.

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu ham ushbu xabar ortidan milliy og‘ir atletikachilarni tabrikladi.



Aloqador xabarlar