Serbiyadagi o‘yinda zilziladan jabrlangan bolalar uchun o‘yinchoqlar yig‘ildi

Serbiya Superligasi Novi Pazar va Radnicki futbol jamoalari o'rtasidagi o'yinda maydonga tashlangan o'yinchoqlar Qahramanmaroshdagi zilziladan zarar ko'rgan bolalarga yuboriladi.

1955750
Serbiyadagi o‘yinda zilziladan jabrlangan bolalar uchun o‘yinchoqlar yig‘ildi

 

Serbiyadagi o‘yinda zilziladan jabrlangan bolalar uchun o‘yinchoqlar yig‘ildi...

Serbiya Superligasi Novi Pazar va Radnicki futbol jamoalari o'rtasidagi o'yinda maydonga tashlangan o'yinchoqlar Qahramanmaroshdagi zilziladan zarar ko'rgan bolalarga yuboriladi.

Serbiyada musulmon aholi zich joylashgan Sandzak viloyatining eng yirik shahri Novi Pazar shahar stadionida o'tkazilgan o'yin oldidan chiptalar sotilmagan va muxlislardan stadionga o'yinchoqlar bilan kelishlari so'ralgan.

Novi Pazar tarafdorlari guruhlari va “ Ochiq qo’l” xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirda muxlislar peluş o'yinchoqlar bilan o'yinni tomosha qilish uchun stadionga kelishdi.

Muxlislar o‘yin boshlanishi oldidan o‘zlari bilan olib kelgan o‘yinchoqlarini mutasaddilar yig‘ishtirib olish uchun maydonga tashlab, zilzila sodir bo‘lgan hududdagi xalq bilan birdamlik va hamjihatlik xabarini berishdi.

Uchrashuvni Turkiyaning Belgraddagi elchisi Hami Akso’y va Novi Pazar bosh konsuli Basar Basho’l ham tomosha qildi.



Aloqador xabarlar