Norvegiyalik atlet Yakob Ingebrigtsen oltin medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiya chempioni Ingebrigtsen 7.40.32 natija bilan poygada birinchi bo‘ldi va oltin medal sohibiga aylandi.

1955151
Norvegiyalik atlet Yakob Ingebrigtsen oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Norvegiyalik sportchi Yakob Ingebrigtsen 2023 yilgi Yevropa yopiq inshootlardagi yengil atletika chempionatida erkaklar o‘rtasida 3000 metrga yugurishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Atakoy Atletizm zalida o'tkazilgan chempionatning to'rtinchi va oxirgi kunida 3000 metrga yugurishda erkaklar medallari topshirildi.

So‘nggi Olimpiya chempioni Ingebrigtsen 7.40.32 natija bilan poygada birinchi bo‘ldi va oltin medal sohibiga aylandi.

Norvegiyalik sportchi ushbu chempionatda 1500 metrdan so‘ng 3 ming metrga yugurishda shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarilib, katta zafarga erishdi.

Yakob Ingebrigtsen yopiq inshootlardagi yengil atletika bo‘yicha Yevropa chempionatida 5-marta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik Adel Mechaal 7.41.75 natija bilan ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Serbiyalik sportchi Elzan Bibich 7.44.03 koʻrsatkich bilan musobaqani uchinchi oʻrinda yakunladi va bronza medali sohibiga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Yakob Ingebrigtsen

Aloqador xabarlar