Ronaldo «Al Nassr» jamoasi bilan shartnoma imzolamoqda

Portugaliyalik mashhur futbolchi Kristiano Ronaldo, «Al Nassr» jamoasi bilan shartnoma imzolamoqda.

1927039
Ronaldo «Al Nassr» jamoasi bilan shartnoma imzolamoqda

Saudiya Arabistonining «Al Nassr» jamoasi bilan kelishgan portugaliyalik mashhur Kristiano Ronaldo bugun bo‘lib o‘tadigan imzolash marosimi uchun poytaxt Ar-Riyodga yetib bordi.

Mavzu haqida klub tomonidan berilgan bayonotda, imzolash marosimi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «Mrsool Park» stadionida bo‘lib o‘tishi ma‘lum qilindi.

Mashhur sportchi bugungacha «Manchester United», «Real» va «Juventus» jamoasida forma kiydi.

2021-yili «Manchester United» ga qaytgan portugaliyalik futbolchining shartnomasi o‘tgan oy bosh murabbiy Erik ten Xag bilan bo‘lgan kelishmovchilikdan keyin bekor qilingan edi.



Aloqador xabarlar