Anqarada 87-Buyuk Otaturk maratoni o'tkazildi

Kecha, 25 dekabr kuni Anqaraning Dikmen ko'chasi Keklikpinari mahallasida soat 14:05 da boshlangan 10,5 kilometrlik maraton Anqara poyezd vokzalida yakunlandi.

1923597
Anqarada 87-Buyuk Otaturk maratoni o'tkazildi

 

Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning Anqaraga tashrifining 103 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan 87-Buyuk Otaturk maratonida yuqori o’rinni egallagan sportchilar aniqlandi.

Kecha, 25 dekabr kuni Anqaraning Dikmen ko'chasi Keklikpinari mahallasida soat 14:05 da boshlangan 10,5 kilometrlik maraton Anqara poyezd vokzalida yakunlandi.

Ayollarda 33.09.87 natija bilan Sumeyye Erol birinchi, Derya Kunur 34.13.10 natija bilan ikkinchi, Urkush Ishik 34.46.23 natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Poygani erkaklarda 29.11.98 natija bilan Huseyin Jan birinchi oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Mahsun Değer 29.45.94 natija bilan ikkinchi, Ramazan Oʻzdemir 30.05.31 natija bilan uchinchi boʻldi.


Tanlangan kalimalar: #maraton , #Otaturk , #Anqara

Aloqador xabarlar