Turkiya 2028 yoki 2032 yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

Turkiya 2028 yoki 2032 yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun UEFAga ariza topshirdi.

1908170
Turkiya 2028 yoki 2032 yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

 

Turkiya 2028 yoki 2032 yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun UEFAga ariza topshirdi.

Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2028 va 2032 yillarda chempionatni o‘zida o‘tkazishni xohlagan mamlakatlar oldindan ariza tashlagan.

Turkiya 2028 va 2032 yillarda bo‘ladigan chempionatga ariza tashlagan bo‘lsa, Angliya, Shimoliy Irlandiya, Irlandiya, Shotlandiya va Uels futbol federatsiyalari o‘z nomzodlarini 2028 yilga ko‘rsatgan. Italiya esa 2032 yildagi chempionatga mezbonlik qilish rejasini ma’lum qilgan.

2023 yil 12 aprel ariza topshirishning oxirgi kuni deb belgilandi.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2028 va 2032 yillarda bo‘ladigan Yevropa chempionati sohiblari kelasi yil kuzda e’lon qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #UEFA

Aloqador xabarlar