Istanbuldagi chempionatda O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi ishtirok etmoqda

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Ispaniya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi urgan gollar Qudrat Xudoyqulov (ikkita) va Aziz Abdurahmonovga tegishli.

1888907
Istanbuldagi chempionatda O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi ishtirok etmoqda

 

Turkiyaning Istanbul shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Ular keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Unda O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Ispaniya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi urgan gollar Qudrat Xudoyqulov (ikkita) va Aziz Abdurahmonovga tegishli.

Jahon chempionatining birinchi turida O‘zbekiston terma jamosi  Polsha nogiron-amputantlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Bahslarining so‘nggi 3-turida O‘zbekiston Tanzaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



Aloqador xabarlar