Bursada Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

To‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli sport va madaniyat festivali dasturidan 20 ta sport turi joy olgan bo‘lib, e’tiborlisi, ular qatoriga milliy sport turi kurash ham kiritilgan.

1883861
Bursada Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

 

Joriy yil 27 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa viloyatida Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tashabbusi bilan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

To‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli sport va madaniyat festivali dasturidan 20 ta sport turi joy olgan bo‘lib, e’tiborlisi, ular qatoriga milliy sport turi kurash ham kiritilgan.

Musobaqalar nizomiga ko‘ra, Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari 28 sentyabrdan boshlanadi. Festivalning rasmiy ochilish marosimi 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, turkiy milliy qadriyatimiz bo'lgan kurash 2018 yildan beri ushbu o‘yinlar dasturiga kiritilgan bo‘lib, tizimli tarzda musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.  

Festivalning bu yilgi dasturiga binoan kurash musobaqalarida sportchilar 6 ta vaznda bellashadi. Erkaklar -81 kg,  90 kg va +90 kilogrammda, ayollar esa  63 kg,  78 kg hamda +78 kilo og‘irlikda bahslashadi.

Bursa kurash gilamida o‘tadigan musobaqalarning mukofot jamg‘armasi 220 ming turk lirasi (12000 AQSH dollari) etib belgilangan.


Tanlangan kalimalar: #Bursa , #Kurash

Aloqador xabarlar