O‘zbekiston V Islom birdamlik o‘yinlarida Turkiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritgan.

1870203
O‘zbekiston V Islom birdamlik o‘yinlarida Turkiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi

 

O‘zbekiston delegatsiyasi V Islom birdamligi o‘yinlarida mezbon Turkiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi.

Bu haqda O'zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritgan.



Aloqador xabarlar