Turkiyada velosport bo‘yicha xalqaro turnirda o'zbek sportchi 3-o‘rinni egalladi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda "Tashkent city professional cycling team" klubi a’zolari ayni kunlarda Turkiyada o‘tkazilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

1791695
Turkiyada velosport bo‘yicha xalqaro turnirda o'zbek sportchi 3-o‘rinni egalladi

 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda "Tashkent city professional cycling team" klubi a’zolari ayni kunlarda Turkiyada o‘tkazilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Kuni kecha mazkur yig‘in doirasida bir qator Yevropa davlatlarining sportchilari ishtirokida xalqaro turnir tashkil etildi. Unda o'zbekistonlik sportchi Yanina Kuskova 78 nafar sportchi orasida 3-o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasida o‘tgan guruh poygasida birinchi va ikkinchi o‘rinlar Ukraina terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Shuningdek, poygada ishtirok etgan bir qator sportchilarimiz - Sofiya Karimova 12-o‘rinni, Shahnoza Abdullayeva 16-o‘rinni, Anna Kulikova 17-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Margarita Misyurina, Nafosat Qoziyeva kabi o'zbek velosportchilar 78 nafar sportchilar orasida kuchli qirqtalikdan joy olishdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar