Tokio-2020: koronavirus yuqtirganlar soni 259 nafarga yetdi

“Tokio–2020” tashkiliy qo‘mitasi olimpiadalarda ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan yana 18 kishida koronavirusga chalinish holati aniqlangan.

1683777
Tokio-2020: koronavirus yuqtirganlar soni 259 nafarga yetdi

 

Yaponiyada o'tkazilayotgan “Tokio–2020” Olimpiadalarida ishtirok etayotganlar orasida koronavirusga chalinish holati kun sayin ko'paymoqda. Ayni vaqtda koronavirus yuqtirganlar soni 259 nafarga yetdi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, “Tokio–2020” tashkiliy qo‘mitasi yana 27 nafar ishtirokchida kasallik qayd qilinganligini e’lon qildi. Koronavirusga chalinganlarning 3 nafari sportchi bo‘lsa, qolganlari mutaxassislar, jurnalistlardan iborat.

“Tokio–2020” tashkiliy qo‘mitasi olimpiadalarda ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan yana 18 kishida koronavirusga chalinish holati aniqlangan.

Koronavirusga chalinganlar maxsus karantin markazlariga joylashtirildi. 

Ma’lumotga ko'ra, shu kungacha koronavirusga chalinganlar soni 259 nafarni tashkil qilmoqda. Avvalroq, yengil atletika bo‘yicha Avstraliya terma jamoasining 1 nafar sportchisida kasallik aniqlanganligi tufayli 63 nafar atlet karantinga olingan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Yaponiya , #Tokio–2020

Aloqador xabarlar