Tokio-2020: Turkiya milliy sportchisi Mete Gazoz oltin medalni qo'lga kiritdi

Mete Gazoz Tokiodagi Olimpiyadada kamondan o’q otish bo'yicha musobaqalarda barcha raqiblarini mag'lub etib, Olimpiyada chempioniga aylandi.

1683790
Tokio-2020: Turkiya milliy sportchisi Mete Gazoz oltin medalni qo'lga kiritdi

 

Turkiya milliy sportchisi Mete Gazoz Tokiodagi Olimpiyadada kamondan o’q otish bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritib, o’z mamlakati sha’nini munosib himoya qildi.

29 iyul kuni u birinchi bosqichda lyuksemburglik Jeff  Xenkelsni, ikkinchi  bosqichda avstraliyalik Rayan Tayakni mag'lub etdi.

So'ngra, avstraliyalik raqibi Teylor Uortni mag'lub etgan Mete Gazoz chorak finalga yo'l oldi. 22 yoshli Mete Gazoz chorak finalda amerikalik Bred Ellisonni ustidan g’alaba qozondi.

Finalda italiyalik Mauro Nespolinini bilan berlashgan Mete Gazoz ustun g’alaba bilan Olimpiyada chempioniga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tokio-2020 , #Mete Gazoz

Aloqador xabarlar