Avstraliyada Formula 1 va MotoGP musobaqalari Kovid-19 epidemiyasi tufayli bekor qilindi

Avstraliyada o'tkazilishi rejalashtirilgan Formula 1 va MotoGP poygalari yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi  va  sayohat cheklovlari tufayli bekor qilindi.

1670848

Tashkilotlar veb-saytida berilgan bayonotda 22-24 oktyabr kunlari MotoGP ning 17-bosqichi va 19-21 noyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan Formula-1ning 21- musobaqasi  Kovid-19  tufayli bekor qilinganligi e'lon qilindi. 

5-7 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan Portugaliya bosqichi MotoGP taqvimiga qo'shilganligi ta'kidlandi.

Formula-1ga kiritiladigan yangi bosqich haqida keyinroq e'lon qilinishi kutilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #MotoGP , #Formula 1 , #Avstraliya

Aloqador xabarlar