Tokioda 7 nafar yengil atletikachi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi Tokio-2020 saralash turkumi yakunlangach, ushbu sport turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar nomini e’lon qildi.

1669368
Tokioda 7 nafar yengil atletikachi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

 

Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi Tokio-2020 saralash turkumi yakunlangach, ushbu sport turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tokioda 7 nafar yengil atletikacHİ O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, yengil atletika bo‘yicha yurtdoshlarimiz orasida birinchi bo‘lib Svetlana Radzivil Olimpiada normativini bajargan edi. Qayd etish joiz, joriy Olimpiada turkumida normativlar har qachongidan ham baland bo‘lgani bois, barcha yo‘nalishlarda ham talabni bajara olgan sportchilar ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shu bois qator dasturlarda reyting orqali litsenziatlar saralab olindi.

Demak, Svetlana Radzivil, Safina Sa’dullayeva, Roksana Xudoyorova, Ruslan Qurbonov, Darya Reznichenko, Suhrab Xo‘jayev,  Yekaterina Voronina Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi  Olimpiya o‘yinlari 2021 yilning 21 iyulidan 7 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Tokio-2020

Aloqador xabarlar