O'zbekistonlik o'quvchi Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritdi

31-Xalqaro biologiya olimpiadasida O'zbekiston sharafini 4 nafar iqtidorli o'quvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo'lga kiritdi.

1483511
O'zbekistonlik o'quvchi Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritdi

 

O'zbekistonlik o'quvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritdi

Masofaviy tarzda o'tkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli o'quvchilardan iborat O'zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Shuningdek, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli o'quvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida O'zbekiston sharafini 4 nafar iqtidorli o'quvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo'lga kiritdi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 



Aloqador xabarlar