O'zbekistonning ikkinchi o'n yilligidagi eng yaxshi sportchisi – Abdulla Tangriyev

Surxordaryolik polvon Abdulla Tangriyev “Shuhrat” medali", “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” va “O'zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

1478254
O'zbekistonning ikkinchi o'n yilligidagi eng yaxshi sportchisi – Abdulla Tangriyev

 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi yaqinlashib kelayotgan O'zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qilgan edi. Unga ko'ra, dastlabki uch o'n yillik uchun eng yaxshi sportchilar saralab olindi va nomzodlar ro'yxati ovoz berish uchun e'lon qilindi.

15-19-avgust kunlari davom etgan tanlovda 2001-2010-yillardagi eng yaxshi besh nafar sportchi ovozga qo'yildi. Tanlovda surxordaryolik polvon Abdulla Tangriyev 1636 ta ovoz (45%) to'plab, birinchi o'rinni egalladi. Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Artur Taymazov esa 1456 ovoz (40%) bilan ikkinchi o'rinni egalladi:

1. Abdulla Tangriyev – 1636 ovoz (45%)

2. Artur Taymazov – 1456 ovoz (40%)

3. Vadim Menkov – 211 ovoz (6%)

4. Server Jeparov – 195 ovoz (5%)

5. Yekaterina Xilko – 148 ovoz (4%).

Ma'lumot uchun, Abdulla Tovashevich Tangriyev 1981-yil 28-mart kuni Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Dzyudo bo'yicha Pekin – 2008 yozgi Olimpiya o'yinlari kumush medali sohibi. 2011-yil mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, uch karra jahon chempionati sovrindori. besh karra Osiyo chempioni va yana kumush va bronza medallari egasi. Shuningdek, uch karra Osiyo o'yinlari sovrindori.

Abdulla Tangriyev parallel ravishda O'zbek milliy kurashi bilan ham shug'ullanib borgan va bir necha bor jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Abdulla Tangriyevning g'alabalari yuksak baholanib, “Shuhrat” medali", “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” va “O'zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Abdulla Tangriyev

Aloqador xabarlar