Xalqaro Atletika Federasiyalari Assotsiatsiyasidan Rossiyaga noxush xabar…

Rossiyalik sportchilar taqiqlangan moddalar iste’mol qilganligi sababli Qatar poytaxti Dohada o’tkaziladigan Jahon Atletizm chempionati-2019da ishtirok eta olmaydi.

1275422
Xalqaro Atletika Federasiyalari Assotsiatsiyasidan Rossiyaga noxush xabar…

 

Xalqaro Atletika Federasiyalari Assotsiatsiyasidan Rossiyaga noxush xabar…

Assotsiatsiya Rossiya Atletizm federatsiyasining e’tirozini 12 marta rad etdi.

Rossiyalik sportchilar taqiqlangan moddalar iste’mol qilganligi sababli Qatar poytaxti Dohada o’tkaziladigan Jahon Atletizm chempionati-2019da ishtirok eta olmaydi.

Qarorga muvofiq, Dopingga qarshi kurash agentligi tomonidan ruxsat berilgan atletlar chempionatda “betaraf sport” sifatida ishtirok etishi mumkin.

Rus sportchilar bundan avval Rio Olimpiadalari-2016, Jahon Atletizm chempionati-2017, Yevropa Atletizm chempionati-2018da Rossiya nomidan ishtirok eta olmagan edilar.

Mutahassislarning so'zlariga ko'ra, Rossiyada doping-skandal masalasi hozirgi kunga qadar o'zgarmaydi, bu esa sportchilarga juda ko'p muammolarni keltirib chiqaradi.

Eslatib o'tamiz, 2015da Xalqaro Atletika Federasiyalari Assotsiatsiyasi (IAAF) sportchilar tomonidan taqiqlangan moddalar ishlatilganligi sababli Butunrossiya atletizm federatsiyasi (ARAF) a'zoligini to'xtatdi. Joriy yilning iyun oyida tashkilot Butunrossiya atletizm federatsiyasi maqomini tiklashdan bosh tortdi.


 


 



Aloqador xabarlar