“Liverpool”, “Chelsea”ni mag’lubiyatga uchratib UEFA Superkubogini muzeyiga olib ketdi

Kecha Liverpool bilan Chelsea jamoasi o’rtasida Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib o’tgan futbol musobaqasida Liverpool, UEFA Super kubogining egasi bo’ldi.

1252896
“Liverpool”, “Chelsea”ni mag’lubiyatga uchratib UEFA Superkubogini muzeyiga olib ketdi
liverpool super kupa5.jpg
liverpool super kupa4.jpg
liverpool super kupa3.jpg
liverpool super kupa2.jpg
liverpool super kupa1.jpg

Kecha Liverpool bilan Chelsea jamoasi o’rtasida Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib o’tgan futbol musobaqasida Liverpool, UEFA Super kubogining egasi bo’ldi.

Ham Yevropa, ham Britaniyaning ikkita yirik jamoasi Liverpool bilan Chelsea Super kubok uchun kecha Istanbul viloyatiga qarashli Beshiktosh tumanida o’rin olgan Vodafone Park yoki mamlakatning Beshiktosh jamoasining Ino’nu (viloyatning Kuchukchekmeje tumaniga qarashli 21 ta mahalladan biri) dagi stadionida kuch sinashdi.

Ikkala jamoa o’rtasidagi mazkur uchrashuvda ayol hak’amlar ishtirok etar ekan bahsni Fransiya Futbol federatsiyasi nomidan Stephanie Frappart boshqardi. Unga yurtdoshi Manuela Nicolosi bilan irlandiyalik hakam Michelle O'Neill ko’maklashdi.

Turk hakam Juneyt Chakir esa to’rtinchi hakam sifatida maydon chetida o’rin oldi.

Bahsning birinchi golini 36-daqiqada Chelsea jamoasidan Giroud urdi.

Oradan 12 daqiqa o’tib yani 48-daqiqada Liverpool jamoasidan Firminoning goli orqali hisoblar durang (1-1) natijani qayd etdi. Bahsning asosiy vaqti huddi shu natija bilan yakun topar ekan qo’shimcha bo’limlar ham 95-daqiqadagi Liverpool jamoasidan Manening goli va 101-daqiqadagi Chelsea jamoasidan Jorginho (penalti) ning goli orqali 2-2 hisobiga yakunladi.

Qo’shimcha bo’limning birinchisi 2-2 hisobiga tamomlandi. Shuning uchun ham bahsning g’olibi penalti orqali aniqlandi.

Liverpoolning penalti gollarini Firmino, Fabinho, Origi, Alexander-Arnold va Salah urdi.

Chelseaning penalti tepishlarini Jorginho, Barkley, Mount va Emerson golga aylantirdi.

Liverpool, penalti tepishlarida raqibini 5-4 hisobiga mag’lubiyatga uchratdi va UEFA Superkubogini muzeyiga olib ketdi.

Istanbuldagi mazkur kurash Yevropadan tashqari Afrika, Osiyo, Lotin Amerika, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va butun Okyanusyada o’rin olgan 215 ta davlatda to’g’ridan-to’g’ri efir mehmoni bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Liverpool , #Chelsea , #UEFA Superkubogi

Aloqador xabarlar