Galatasaroyning braziliyalik futbolchisi Fernando Reges Sevilla klubiga o’tdi

Galatasaroyning braziliyalik futbolchisi Fernando Reges Ispaniyaning Sevilla klubiga o’tdi.

1235179
Galatasaroyning braziliyalik futbolchisi Fernando Reges Sevilla klubiga o’tdi

Turkiyaning Galatasaroy klubi, braziliyalik futbolchisi Fernando Regesning Ispaniyaning Sevilla klubiga o’tganligini ma’lum qildi.

Galatasaroy tomonidan, mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Professional futbolchimiz Fernando Francisco Regesning transferi haqida Sevilla bilan kelishib olindi. Shartnomaga ko’ra Sevilla, firmamizga roppa-rosa 4 million 500 ming yevro transfer narxi to’laydi” deyildi.

Bayonotda shuningdek, “O’z ishini Sevilla jamoasida davom ettiradigan Fernandoga xizmat va qo’shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyingi futbol hayotida muvaffaqiyatlar tilaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Galatasaroy , #Sevilla , #Fernando Reges

Aloqador xabarlar