“Sagan Tosu” klubi hujumchisi Fernando Torres futboldagi faoliyatini yakunladi

“Atletiko Madrid”, “Liverpul” va “Chelsi” klublarining sobiq futbolchisi Torres yakshanba kuni oqshom bu haqda batafsil ma’lumot beradi.

1222822
“Sagan Tosu” klubi hujumchisi Fernando Torres futboldagi faoliyatini yakunladi

Yaponiyaning “Sagan Tosu” klubi hujumchisi 35 yoshdagi Fernando Torres futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Atletiko Madrid”, “Liverpul” va “Chelsi” klublarining sobiq futbolchisi Torres yakshanba kuni oqshom bu haqda batafsil ma’lumot beradi.

35 yoshli Torres 2018 yil yozida “Sagan Tosu” klubiga o‘tgan edi.

Fernando Torres klub miqyosida 4 ta kubog sevinchini ta’tib ko’rgandi.
U “Chelsi” tarkibida Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Angliya Kubogi g‘olibi bo‘lgan. “Atletiko Madrid” jamoasi bilan ham Yevropa Ligasida zafar qozongan edi.

Ispaniya milliy jamoasi tarkibida jahon chempionatida to’p surgan (2010) Torres, 2 marta Yevropa chempionatida (2008, 2012) g‘alaba qozongan edi.

Torres 18 yillik futbolchilik faoliyatida jami 706 matchda to’p surgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar