London:Yamaykalik sprinter, afsonaviy Useyn Boltning boshiga kelgan baxtsizlik...

Yamaykalik sprinter, afsonaviy Useyn Bolt 4x100 metrga estafeta bahsining finalida jarohat olib, yugurish yo'lkasiga qulab tushdi.

788944
London:Yamaykalik sprinter, afsonaviy Useyn Boltning boshiga kelgan baxtsizlik...

 

Londonda o'tayotgan yengil atletika bo'yicha jahon chempionatining 9-kunida erkaklar o’rtasida 4x100 metrga estafeta bahsi o’tkazildi.

Estafetani jahon chempionati mezboni Buyuk Britaniya yutdi.

2-o'rinni AQSh, 3-o'rinni esa Yaponiya egalladi.

Chijindu Ujah, Adam Gemili, Daniel Talbot va Nethaneel Mitchell-Blakedan iborat bo’lgan Buyuk Britaniya terma jamoasi 37.47 daraja bilan oltin medalni qo’lga kiritdi.

Mike Rodgers, Justin Gatlin, Jaylen Bacon va Christian Colemandan iborat bo’lgan AQSh terma jamoasi 37.52 daraja bilan kumush medal sohibi bo’ldi.

Shuhei Tada, Shota Iizuka, Yoshihide Kiryu va Kenji Fujimitsu o’rin olgan Yaponiya terma jamoasi 38.04 daraja bilan bronza medalni qo’lga kiritdi.

Ramil Guliyev, Yigitjan Hakimog’li, Jak Ali Harley va Emre Zafar Barnesdan iborat bo’lgan Turkiya terma jamoasi esa, 4x100 metrga estafeta bahsida 38.73 darajani qo’lga kiritib, 7-o’rinni egalladi.

Shuningdek, Usain Bolt, Omar Mcleod, Julian Forte va Yohan Blakedan iborat bo’lgan Yamayka terma jamoasi estafetani yakunlay olmadi.

Yamaykalik sprinter, afsonaviy Useyn Bolt 4x100 metrga estafeta bahsining finalida jarohat olib, yugurish yo'lkasiga qulab tushdi.

Ushbu chempionatda 100 metrda bronza medalni qo’lga kiritgan Useyn Bolt chempionatni mana shunday baxtsiz voqea bilan yakunladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar