Paralimpiya o’yinlarida, o’zbekistonlik sportchilar yana medal yutib oldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o’tayotgan XV Paralimpiya o’yinlarida o’zbekistonlik sportchilar yana bitta bronza medalni qo’lga kiritdi.

570844
Paralimpiya o’yinlarida, o’zbekistonlik sportchilar yana medal yutib oldi

Nufuzli musobaqaning yengil atletika bo’yicha 4x100 metrga estafeta bahslarida qatnashgan Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliyev va Fahriddin Hamroevdan iborat jamoa 43.47 soniya natija bilan shohsuppaning uchinchi pog’onasidan joy oldi.

Ayni paytda O’zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 6 oltin, 4 kumush va 14 ta bronza medal bor.

http://www.uza.uz



Aloqador xabarlar