Argentinalik futbolchi Lionel Messi rekord o’rnatdi

Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi eng ko’p gol urgan futbolchilar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqdi.

516990
Argentinalik futbolchi Lionel Messi rekord o’rnatdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi, AQShda bo’lib o’tayotgan Amerika Kubogi doirasida gol urib jamoa g’alabasiga hissa qo’shdi. U, 4-0 hisobida yakunlangan o’yinda 2ta golga ham pas berdi.

Ushbu o’yinda 112-marotaba Argentina terma jamoasi formasini kiygan Lionel Messi, Qo’shma Shtatlarga qarshi 55-golini urdi.  

Shunday ekan Messi 54 gol bilan rekordni qo’ldan boy bermayotgan Gabriel Batistutani ortda qoldirib Argentina termasida eng ko’p gol urgan futbolchilar tarixiga o’z nomini yozdirdi.

Endigina 29 yoshiga to’lgan argentinalik futbolchi musobaqa yakunida “Batistutani ortda qoldirganim uchun xursandman. Bu muvaffaqiyatimga hissa qo’shgan barcha jamoadagi do’stlarimga minnatdorchilik bildiraman” dedi.

Argentina termasi finalda, Kolumbiyani 2-0 hisobiga mag’lub qilgan Chili bilan bahslashadi.



Aloqador xabarlar