EURO-2016:Zlatan Ibrahimovich milliy terma jamoasini tark etdi

Zlatan Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasi tarixida jami 116 matchda 62 marta go’l urib, katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritgan edi.

516537
EURO-2016:Zlatan Ibrahimovich milliy terma jamoasini tark etdi

EURO-2016 bilan vidolashgan Shvetsiya terma jamoasida katta o’zgarish ro’y berdi.

Shvetsiya futbolining eng mahoratli futbolchilaridan biri Zlatan Ibrahimovich milliy terma jamoasini tark etdi.

34 yoshdagi futbolchi EURO-2016 yakunlanishi bilan o’z milliy terma jamoasi tarkibidan chiqishini ma’lum qilgan edi.

E guruhida Belgiya bilan bellashgan Shvetsiya terma jamoasi kuchli raqibiga 1-0 hisobida mag’lub bo’ldi.

Turnirni 1 ochko bilan yakunlab oxirgi o’rindan joy olgan Shvetsiya terma jamoasi EURO-2016 bilan vidolashdi.

Mana shunday qilib, Zlatan Ibrahimovich ham milliy formasi bilan so’ngi matchda maydonga tushdi.

Zlatan Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasi tarixida jami 116 matchda 62 marta go’l urib, katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritgan edi.

 



 

 



Aloqador xabarlar