Pakdemirli Ozarbayjonda Bosh vazir Ali Asadov tomonidan qabul qilindi

Bekir Pakdemirli, amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga borar ekan u yerda Bosh vazir Ali Asadov tomonidan qabul qilindi.

1603356
Pakdemirli Ozarbayjonda Bosh vazir Ali Asadov tomonidan qabul qilindi

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon vaziri Bekir Pakdemirli, Armaniston ishg‘olidan qutqarilgan mintaqalarning qishloq xo‘jaligi jihatidan rivoji uchun Ozarbayjonga har qanday yordamni berishlarini qayd etdi.

Pakdemirli, amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga borar ekan u yerda Bosh vazir Ali Asadov tomonidan qabul qilindi.

Ushbu qabul chog‘ida Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘da buyuk g‘alabani qo‘lga kiritganini yodga solgan Pakdemirli, harbiy g‘alabaning iqtisodiy g‘alaba bilan olqishlanishi kerakligini bildirdi.

Qorabog‘ mintaqasining rivojining alohida o‘ringa ekanini ta’kidlagan Pakdemirli,

“Urushda va tinchlikda, Turkiya har doim qardosh Ozarbayjonning yonidadir. Turkiya, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida muvaffaqiyat qayd etgandir. Yevropada birinchi, dunyoda birinchi 10 davlat ro‘yhatiga kiritilgan davlatmiz. Shunday ekan ozarbayjonlik qardoshlarimiz bilan birgalikda mamlakatlarimizdagi ishlab chiqarish va hamkorlikni orttirish say - harakati ichidamiz”. - deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar