Ozarbayjonliklar ishg‘oldan qutqarilgan hududlarga hozircha bormaslikka chaqirildi
Tog‘li Qorabog‘da Armaniston kuchlari tomonidan bosib olingan davrda qo‘yilgan minalarning portlashi oqibatida ozarbayjonlik 14 kishi halok bo‘ldi.
![Ozarbayjonliklar ishg‘oldan qutqarilgan hududlarga hozircha bormaslikka chaqirildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/7f2b/42f6/43f0/602242880023c.jpg?time=1718932385)
Tog‘li Qorabog‘da urush tugagan 10 - noyabrdan beri Armaniston kuchlari tomonidan bosib olingan davrda qo‘yilgan minalarning portlashi oqibatida ozarbayjonlik 14 kishi halok bo‘ldi.
Ozarbayjon Bosh prokuraturasi, Armaniston bilan o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qo‘l qo‘yilgan 2020 - yilning 10 - noyabridan beri ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlarda minalarning portlashi oqibatida qayd etilgan o‘lim holatlarini bayon etdi.
Unga ko‘ra urush tugagan kundan bugungacha ozarbayjonlik 14 kishi (9 nafari tinch aholidan, 5 nafari askar), Armaniston kuchlari tomonidan joylashtirilgan minalar yuzasidan halok bo‘lgan. Ayni vaqtda 52 askar va tinch aholidan 8 kishi minalarning portlashi oqibatida tan jarohati olgan.
Bosh prokuratura, fuqarolarga ishg‘oldan qutqarilgan hududlarga, minalar butunlay tozalanmaguncha bormaslikka chaqirdi.