Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Fuzuliy shahrida mina portladi

Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Fuzuliy shahrida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirib ketilgan mina portladi. Portlash oqibatida 1 nafar ozarbayjonlik tinch aholi vakili halok bo’ldi. Bu haqda Ozarbayjon bosh prokuraturasi bayonot berdi.

1576334
Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Fuzuliy shahrida mina portladi

 

Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Fuzuliy shahrida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirib ketilgan mina portladi. Portlash oqibatida 1 nafar ozarbayjonlik tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Bu haqda Ozarbayjon bosh prokuraturasi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Fuzuliy shahriga qarashli Yuqori Yag’livent qishlog’i hududida harakatlanayotgan avtomobil mina ustidan o’tgan. Avtomobil ichida 3 kishi bo’lgan. Shiddatli portlash oqibatida 1 kishi halok bo’lgan, 2 kishi og’ir yaralangan.

Ma’lumotga ko’ra, mina ishg’ol davrida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirilgan bo’lib, u tanklarni yo’q qiluvchi kuchga ega bo’lgan.

Bundan avval ham Armaniston askarlari tomonidan joylashtirilgan minaning portlashi oqibatida ozarbayjonlik tinch aholi vakillari va harbiylar halok bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Fuzuliy , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar