Matbuot sharhlari 05.02.2024

Prezident Erdo’g'an, Gaziantep shahar kasalxonasi va bog'lovchi yo'llarning ochilish marosimida so'zlagan nutqida,   “Zilzila shaharlarimizni infratuzilmasi, ustki tuzilishi, shahar markazi va qishloqlari bilan butunlay jonlantirmaguncha tinchlanmaymiz”.

2097427
Matbuot sharhlari 05.02.2024

 

Hurriyet gazetasi “Erdo’g’an: Shaharlarimizni oyoqqa turmagunimizcha tinchlanmaymiz”

Prezident Erdo’g'an, Gaziantep shahar kasalxonasi va bog'lovchi yo'llarning ochilish marosimida so'zlagan nutqida,   “Zilzila shaharlarimizni infratuzilmasi, ustki tuzilishi, shahar markazi va qishloqlari bilan butunlay jonlantirmaguncha tinchlanmaymiz”. dedi.

Sabah "Markaziy bank rahbari Fatih Karahanning birinchi bayonoti"

Markaziy bank rahbari etib tayinlangan Fatih Karahan, birinchi bayonotida inflyatsiyaga to'xtaldi. Karahan "Inflyatsiya,“Biz maqsadimizga mos keladigan darajaga tushmagunicha, kerakli pul qattiqligini saqlab qolishga qaror qildik”, dedi u.

Haberturk "Yanvar oyida 45 viloyatning eksporti ortdi"

Savdo vazirligining xabar berishicha, yanvar oyida 45 viloyat o'z eksportini oshirgan. Istanbul jami 4 milliard 330 million dollarlik eksport bilan birinchi o'rinni egalladi.

Star "Oltin va minerallarga boy mamlakatdan Turkiyaga hamkorlik taklifi"

Oltin va minerallarga boy Tojikistonning Anqara elchisi Ashrafjon Gulov ajoyib hamkorlik taklifi bilan chiqdi.

Gulov, “Tojikiston doʻst mamlakat Turkiya bilan, ayniqsa, oltin, alyuminiy, boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va paxtani qayta ishlash sohalarida qoʻshma korxonalar tashkil etishni maqsad qilgan” dedi.

Vatan "Qaytish safari ortga surilgan Alper Gezeravjidan xabar bor"

Turkiyaning birinchi kosmonavti Alper Gezeravji Yerga qaytishi yana bir bor ortga surilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post bilan bo‘lishdi.

  Gezeravji, “Mamlakatimizning ilm-fan va texnologiya sohasida qo’ygan qadamlariga ushbu noyob sayohatda olgan tajribalarim bilan qiymat qo’shish uchun yurtimga qaytishni intiqlik bilan kutaman” dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar