Matbuot sharhlari 12.06.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2152137
Matbuot sharhlari 12.06.2024

Star gazetasi: Fidan Rossiyada BRICSning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Rossiyada uyushtirilgan BRICS + sessiyasida nutq so‘zlagan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, “Prezident Erdo‘g‘anning - dunyo beshdan buyukdir - degan shiori yordamida Turkiya, BMTning Xavfsizlik kengashi va BMTdan boshqa bir necha ko‘p tomonli tashkilotlar ham islohot qilishga harakat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan biz BRICS bilan bo‘lgan hamkorlikni yuqori baholaymiz. BRICS tarkibidagi xilma – xillik taraqqioyt va barqarorlikni oshirishning muhim vositasi ekaniga ishonchimiz komil”, - dedi.

Haber Türk gazetasi: Turiyaning ikkinchi kosmonavti Atasever yurtga qaytdi. Turkiya kosmik fanlar missiyasi doirasida mikrogravitatsiyada tajribalar oʻtkazgan Turkiyaning ikkinchi kosmonavti Tuva Jihangir Atasever yurtga qaytdi. Atasever, qo‘lga kiritgan tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishish uchun sabrsizlanayotganini bildirdi.

Vatan gazetasi: Fransiya ommaviy axborot vositasi THYga maqtov yog‘dirdi. Fransiyaning Le Monde gazetasi, Turk havo yo‘llari raqobatchilarni qizg‘ontira oladigan darajada katta muvaffaqiyatlarga erishganiga e’tibor qaratdi. Shu jihatdan, global aviatsiya tarmog‘ida muhim o‘ringa ega ekanini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Mehmet Shimshek jahon banki guruhi rahbari bilan uchrashdi. G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek kecha Jahon banki guruhi rahbari Banga bilan uchrashdi. Unda, Jahon banki bilan Turkiya o‘rtasida 2024 - 2028 moliyaviy yillarni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy va texnik hamkorlikning asosini tashkil etuvchi “Mamlakat hamkorlik doirasi” qo‘lga olindi.

Hürriyet gazetasi: Uralo‘g‘lu: May oyida aeroportlarda 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘lu kecha yozma ravishda bergan bayonotida, “May oyida aeroportlarda 20 million 230 ming 573 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Joriy yilning yanvar oyidan may oyiga qadar 82 million 109 ming 667 nafar yo‘lovchi havo yo‘lidan foydalandi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar