Matbuot sharhlari 24.06.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2155190
Matbuot sharhlari 24.06.2024


Yeni shafak gazetasi: “Altay” AQSh matbuoti nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShda nashr etiladigan National Interest jurnali Turkiya mahsuloti “Altay” tanki haqida maqola chop etdi. Diqqatga sazovor bo'lgan “Altay” tanki "o'z sinfidagi eng yaxshilaridan biri" ekanligi ta'kidlanib, uning himoya tizimiga alohida e'tibor qaratildi.

 

Star gazetasi: “Hausvald: Biz Turkiya bilan yaqindan qiziqamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Germaniya port kompaniyasining yuqori boshqaruvchisi Marc-Oliver Hauswald, Turkiyaning ajoyib bir infratuzilma va muhim ishchi kuchiga ega ekanligini ta'kidlab, "Biz Turkiya bilan yaqindan qiziqamiz, chunki kelajakda juda ko'p imkoniyatlar bor deb o'ylaymiz" dedi. U yaqinda katta delegatsiya bilan Turkiyaga tashrif buyurishini qo’shimcha qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Joriy yilning eng ko'p yo'lovchi soni Antaliya aeroportida qayd etildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, 22-iyun kuni Antaliya aeroportida 1175 nafar samolyot qatnovi amalga oshirilganini aytdi. Aeroport kunning o’zida 199 ming 751 nafar yo'lovchiga xizmat berib, joriy yilning eng ko'p reys va yo'lovchi soniga erishdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Dunyoning eng baxtiyor 250 shahri e'lon qilindi: Turkiyadan 3 ta shahar ro'yxatga kiritilgan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Daniyaning Orxus shahri Buyuk Britaniyada joylashgan Hayot standarti instituti tomonidan har yili tuziladigan dunyoning 250 ta eng baxtli shaharlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Mazkur ro’yxatda Turkiyadan Istanbul, Izmir va Antaliya shaharlari o’rin oldi.

 

Sabah gazetasi: “Turk taomi dunyoning eng yaxshi lazzatlari ro’yxatida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, gastronomiyaning muhim manbalaridan biri bo'lgan Xorvatiyadagi "TasteAtlas" platformasi "dunyoning 100 ta eng yaxshi pechenyesi" ​​ro'yxatini e’lon qildi. Unda Turkiyadan “Izmir bombasi” deb atalgan yegulik 14-o'rinni egalladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar