Matbuot sharhlari 14.06.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2152924
Matbuot sharhlari 14.06.2024

                             

Xabar turk gazetasi: “Erdo‘g‘an: Turkiya diqqatga sazovor maskan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Madridda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez bilan uchrashdi. Erdo'g'an, Ispaniya bilan do’stona munosabatlarni yanada rivojlantirish istagini bildirdi. Erdo’g’an, “Ispaniyadan mintaqaning diqqatga sazovor davlati Turkiyaga yana ko'plab investorlarni taklif qilamiz”,- dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo‘g‘an: O‘t ochishni to‘xtatish qarori qog‘ozda qolmasligi kerak” sarlavhasi biln xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an, G’azodagi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotganini, adolatli va mustahkam tinchlikni ta’minlovchi rejani qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi. Erdo’g'an, "Muhimi, sulh qarorining qog'ozda qolib ketmasligi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi a'zolari Isroilga bosim o'tkazishi kerak",- dedi.

 

Sabah gazetasi: “Pedro Sanchesning Turkiya haqidagi bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez Ispaniya va Turkiya har sohada mustahkam aloqalarga ega eng ajoyib ikki davlat ekanini aytdi. Sanches, “Turkiya Ispaniyaning asosiy iqtisodiy hamkori va mintaqasida muhim vositachidir”,- dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan Ispaniyaga uchuvchisiz uchish apparatlari taqdim etiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, xalqaro miqyosda milliy mudofaa sanoati bilan mashhur bo'lgan Turkiya Ispaniya bilan ham uchuvchisiz havo vositalari (UAV) sohasida hamkorlik qiladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “F-16 bo’yicha shartnomalar imzolandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi manbalari, AQShdan sotib olinadigan F-16 samolyotlari uchun shartnomalar imzolanganini ma'lum qildi. “Shartnomalar imzolandi. Ikki davlat delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarda  shartnoma tafsilotlari boʻyicha oʻrganishlar davom etmoqda”,-deyiladi bayonotda.

 

Vatan gazetasi: “Markaziy bank zaxiralari tarixiy cho'qqiga chiqdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Markaziy bank zaxiralari o‘tgan haftada 2,5 milliard dollarga oshdi. 146 milliard 152 million dollar bilan tarixiy cho'qqisiga erishdi. Aprel oyi boshidan buyon zaxiralarning o'sishi 71,5 milliard dollarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar