Matbuot sharhlari 20.12.2023

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Vengriya safaridan qaytayotgan samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2078619
Matbuot sharhlari 20.12.2023

 

Sabah: Erdo’g’an: Yevropa Ittifoqi endi bu xatodan voz kechishi kerak

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Vengriya safaridan qaytayotgan samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

  Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni haqida gapirgan Erdog’an, “Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan ko’ra ko’proq tayyor bo’lgan Turkiya, yillar davomida siyosiy to'siqlar tufayli eshik oldida kutishi noto'g'ri. “Yevropa Ittifoqi endi bu xatodan voz kechishi kerak”, dedi u.

Star: Orban: Turkiyasiz bizning xavfsizligimiz yo'q

Vengriyaning poytaxti Budapeshtni ziyorat qilgan Erdo'g'anning uchrashuvlari Vengriya matbuotida keng ta'sir o'tkazdi.

Vengriya matbuoti Erdo'g'an va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o'rtasidagi uchrashuvni "Turklar va vengerlar 21-asrning g'oliblari birga bo'ladi" sarlavhasi bilan yoritdi.

Orban: 'Turkiyasiz Vengriyaning xavfsizligi yo'q' deya qayd etdi.

Hurriyet gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Huseyin bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Huseyin bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligining rasmiy X hisobiga qilingan postda Fidanning Anqarada Husayinni mehmon qilgani bildirildi.

Vatan: Tashqi ishlar vazirligidan Xitoyga hamdardlik maktubi

Tashqi ishlar vazirligining kechagi bayonotida, "Xitoydagi zilzilada hayotdan ko'z yumganlarning oilalariga “Xitoy xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz”. Deya bildirildi.

Haber Turk gazetasi: Turkiyadan 119 ta universitet dunyodagi eng yaxshi 3 ming universitet orasida

ODTU Informatika Instituti doirasida Akademik Faoliyat (URAP) bo'yicha Universitetlar reytingi

  Tadqiqot laboratoriyasi tomonidan e’lon qilingan “Dunyoning eng yaxshi 3 ming universiteti” reytingiga Turkiyadan 119 ta universitet kiritildi.

Hacettepe universiteti eng yaxshi reytingga ega universitet bo'ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar