Matbuot sharhlari 11.06.2024

Haber Turk gazetasi: Prezident Erdo’g’an Aliyev bilan uchrashdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning taklifiga binoan kecha Turkiyaga amaliy tashrif bilan keldi.

2151223
Matbuot sharhlari 11.06.2024

 

Haber Turk gazetasi: Prezident Erdo’g’an Aliyev bilan uchrashdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning taklifiga binoan kecha Turkiyaga amaliy tashrif bilan keldi. Prezidentlik majmuasida uchrashgan ikki lider uchrashuvida Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari, Isroilning G'azoga uyushtirgan hujumlari, ishg'oldan ozod qilingan Ozarbayjon tuproqlarida qurilish faoliyatlari, mintaqaviy va global muammolar kun tartibida bo'ldi.

Hurriyet: Guler: Terror koridorining tashkil etilishiga ruxsat bermaymiz

Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler kechagi bayonotida:

 Turkiya qurolli kuchlari hech qachon bo’lginchi tashkilotning janubiy chegaralaridan tashqarida terror yo’lagi o’rnatishiga yo’l qo’ymaydi”. dedi.

Sabah gazetasi: Fidan Ozarbayjonlik kasbdoshi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Star gazetasi: Sharqiy Qoradengizdan turk qizil ikra eksporti yilning 5 oyida 45 foizga oshdi

Yanvar-may oylari orasida Sharqiy Qoradengiz mintaqasidan turk qizil ikra eksporti yillik 45 foiz ortib, 67 million 125 ming 19 dollarga yetdi. Rossiya Federatsiyasi, Vetnam va Belarus eng ko'p eksport qilgan uchta davlat bo'ldi.

Vatan: Ishsizlik raqamlari e'lon qilindi

Turkiya Statistika instituti aprel oyi ish kuchi statistikasini e'lon qildi. Shunga ko’ra Turkiyada ishsizlar soni aprel oyida o’tgan oyga nisbatan 18 ming kishiga kamayib, 3 million 42 ming kishiga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar