Matbuot sharhlari 06.11.2023

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Falastinlik birodarlarimizni Isroil zulmidan qutqarib,G’azoda sodir etilgan qirg’inlarni dunyoning ko’zi oldida to’xtatish bizning burchimizdir.

2060662
Matbuot sharhlari 06.11.2023

 

Star "Erdo’g'an: qirg'inni to'xtatish bizning burchimiz"

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Falastinlik birodarlarimizni Isroil zulmidan qutqarib,G’azoda sodir etilgan qirg’inlarni dunyoning ko’zi oldida to’xtatish bizning burchimizdir. “G’azodagi birodarlarimizni hech qachon tashlandiq, yordamsiz va yolg’iz qoldirmaymiz.

Yenishafak "Ko’ja: Shoshilinch davolanishga muhtojlar Turkiyaga keltiriladi"

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, "Xususan, G'azodagi Turkiya-Falastin do'stlik kasalxonasida davolanayotgan saraton bemorlari,oldindan bizga xabar berilgan va shoshilinch davolanishga muhtoj bo‘lgan 1000 ga yaqin kasal va jarohatlanganlarni Rafah chegara darvozasi orqali Misrga olib kelish borasidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz.

  – Keyin saraton kasalligiga chalingan va shoshilinch ahvoli bo‘lgan bemorlarni tez tibbiy yordam samolyotlari va kema kasalxonasi orqali yurtimizga olib borish rejalashtirilgan.

Sabah "8 viloyatda terrorizmga kuchli zarba"

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, 8 viloyatda uyushtirilgan 'Qahramonlar operatsiyasi' doirasida terror tashkiloti PKKga tegishli 21 ta g'or va boshpananing yo'q qilinganini ma'lum qildi.

Vatan "Bayraktar TB3 UCAV parvoz sinovini muvaffaqiyatli yakunladi"

Baykar tomonidan milliy va noyob tarzda ishlab chiqilgan Bayraktar TB3 SİHA,

  Marmara hududiga ta'sir qilgan va 130 km/soat tezlikka erishgan janubi-g'arbiy shamolning og'ir sharoitlarida 3-5 soatlik sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.

Haberturk “Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 15 milliondan oshdi”

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, bu yil Antaliyaga kelgan sayyoh sonining 15 milliondan oshganini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar