Matbuot sharhlari 31.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2058170
Matbuot sharhlari 31.10.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Germaniya bilan chuqur ildiz otgan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an do’st va ittifoqdosh Germaniya bilan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy va gumanitar sohalarda chuqur ildiz otgan munosabatlarga katta ahamiyat berishini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Falastinni qo'llab-quvvatlovchi namoyishlar taqiqlangan holda, Qur'onga qaratilgan hujumlarga ruxsat berish adolatsizlikdir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Nikolaus Meyer-Landrut va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning Anqaradagi elchilarini qabul qildi.

“Ba’zi Yevropa davlatlarida Falastinni qo’llab-quvvatlagan namoyishlarni taqiqlash uchun qadamlar tashlanayotgan bo’lsa-da, so’z erkinligi asosida muqaddas kitobimiz Qur’onni nishonga olgan hujumlarga esa ruxsat berish adolatsizlikdir” dedi Hakan Fidan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv chog’ida.

 

Xabar turk gazetasi: “29 oktyabrda Anitkabirga ziyoret rekordi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan poytaxt Anqarada Buyuk yetakchi Mustafo Kamol Otaturk qabri joylashgan Anitkabirni 1 million 182 ming kishi ziyorat qilgani maʼlum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Kosmosga mahalliy parvoz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi (TÜBİTAK) rahbari professor Hasan Mandal kecha ilk mahalliy aloqa sun’iy yo‘ldoshi “Turksat 6A” ning 2024-yilda fazoga uchirilishini ma’lum qildi.

 

Vatan gazetasi: “9 oyda suv mahsulotlari eksportidan 313 million dollar daromad olindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning suv mahsulotlari eksportidan joriy yilning 9 oyida qariyb 35 davlatga 313 million 343 ming 154 dollarlik valyuta kirishi ta'minlandi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar